ALIFBO KONVERTOR - Word plagini (Smart DOC Labs)
Kirill / eski lotin / yangi lotin (O'RQ-1184) orasida Word ichida bir tugma bilan o'giradi.

O'RNATISH
1. Word'ni yoping.
2. ZIP faylni papkaga chiqarib oling (o'ng tugma -> "Hammasini chiqarish" / "Extract All").
3. Ornatish.bat ni ikki marta bosing.
4. Word'ni oching - yuqorida "Alifbo" tabi paydo bo'ladi.

ISHLATISH ("Alifbo" tabida ikki asosiy usul bor)

1. BIR TUGMADA: "Yangi lotinga", "Eski lotinga" yoki "Kirillga" tugmasini bosing. Hujjat qaysi alifboda
   yozilgani o'zi aniqlanadi; ruscha va inglizcha matn tegilmaydi.
   Matn belgilangan bo'lsa - faqat o'sha qism, belgilanmagan bo'lsa - butun hujjat o'giriladi.
2. YOZAYOTGANDA: "Qaysi alifboga o'tsin" ro'yxatidan tanlang va "Jonli rejim"ni yoqing.
   O'rgangan alifboingizda yozavering - yozganingiz har 2 soniyada o'giriladi.
   Boshqa alifboga tugma bilan o'girsangiz, jonli rejim o'zi o'chadi.

- "Aniq yo'nalish" menyusi: manba va natijani o'zingiz tanlaysiz (6 yo'nalish).
- "Klaviatura sxemasi": yangi harflar qaysi tugmada ekanini ko'rsatadi.
- Bekor qilish: Ctrl+Z.
- Excel'da: kataklarni belgilab bir tugmani bosing; butun varaq yoki kitob uchun "Yo'nalish"ni tanlab,
  "Varaqni o'girish" yoki "Kitobni o'girish"ni bosing.

TALAB
- Windows + Microsoft Word / Excel (kompyuter versiyasi, 2010 / 2013 / 2016 / 2019 / 2021 / Microsoft 365; 32 va 64-bit).
- Mac, telefon va brauzerdagi Word'da ishlamaydi.

O'CHIRISH: Olib_tashlash.bat

PRO LITSENZIYA
- Word va Excel plagini Pro litsenziya yoki 3 kunlik sinov bilan ishlaydi: smartdoclabs.uz/alifbo/pro
  Sinovda jami 30 ta fayl o'giriladi (plaginda bitta hujjat yoki kitob = 1 fayl); matn o'girish cheklanmaydi.
  Litsenziya olish yo'llari (ariza, bepul kod) dastur oynasida va smartdoclabs.uz/alifbo/kod/ sahifasida.
- Ornatish.bat plaginlar bilan birga dasturni ham o'rnatadi (%LOCALAPPDATA%\SmartDocLabs\AlifboKonvertor\app).
- Faollashtirish: dasturni oching (AlifboKonvertor.exe). Birinchi ochilishda 3 kunlik sinovni yoki "Sotib olish /
  kalitim bor" tugmasini tanlang (sinovni boshlash uchun bir marta internet kerak). Kalitni dastur oynasiga kiriting.
  Internet bo'lmasa: saytdan litsenziya faylini (.alifbo) olib, "Ruxsat faylini tanlash" tugmasi bilan qo'shing.
- Hujjat va matn hech qachon yuborilmaydi. Dastur internetga faqat litsenziya uchun chiqadi: oyda bir marta litsenziya
  raqami va qurilma kodi tekshiriladi; internet yoki server bo'lmasa ishlashda davom etadi. Plagin o'zi internetga chiqmaydi.
- Kompyuter almashtirish: dasturda Haqida > "Bu kompyuterdan o'chirish", keyin kalitni yangi kompyuterda kiriting.
- Word/Excel'da o'girishdan oldin plagin dasturdan litsenziya holatini so'raydi. Litsenziya bo'lmasa yoki muddati
  tugagan bo'lsa xabar chiqadi, o'girish bajarilmaydi va dasturni faollashtirish oynasi bilan ochish taklif qilinadi.
  Muddat tugashiga 14 kun qolganda pastki holat qatorida eslatma chiqadi (ishlashga xalal bermaydi).
- Excel formulasi (=AlifboMatn(...)) ham shu tekshiruvdan o'tadi: litsenziya bo'lmasa katakda xabar matni chiqadi.
- Halol eslatma: bu kuchli nusxa himoyasi (DRM) emas. Plagin kodi (VBA) imzosiz - uni tahrir qilgan foydalanuvchi
  tekshiruvni olib tashlashi mumkin. Litsenziya shartlari ofertada.
