SMARTDOC ALIFBO PRO - FOYDALANISH SHARTLARI (LITSENZIYA SHARTNOMASI)
Hujjat versiyasi: v4.1 (2026-11-16) | Dastur versiyasi: 1.6.0 | Shartlar tahriri: 7 | (c) 2026 Smart DOC Labs
Huquq egasi: Smart DOC Labs brendi egasi. Shu matndagi "Sotuvchi" so'zi huquq egasini bildiradi.
Aloqa: smartdoclabs.uz | Telegram: @smartdoclabs_bot

0. SHU TAHRIR HAQIDA (PULLIK SOTUVDAN OLDINGI DAVR)
0.1. Bu tahrir pullik sotuv boshlanishidan oldingi davr uchun: hozir faqat 3 kunlik bepul sinov, promo-kod yoki shaxsiy
     kod bilan beriladigan to'lovsiz litsenziya va aylanuvchi bepul kodlar (4.3.2-band) ishlaydi. To'lov qabul qilinmaydi
     va sizdan pul yechilmaydi.
0.2. Bu matn pullik oferta emas: unda sotuvchi ma'lumotlari hozircha ko'rsatilmagan. Pullik sotuv ochilishidan oldin
     sotuvchi rekvizitlari ko'rsatilgan yangi tahrir e'lon qilinadi.
0.3. TO'LOV OCHILGANDAN KEYIN AMAL QILADI: to'lov, tarif, narx va pulni qaytarish haqidagi qoidalar (MUHIM izohi;
     1.3 va 3.1 ning shu qismlari; 3.4 ning pul qaytarilishi qismi; 3.6; 4.3 va 4.4 ning tarif va to'lovga oid qismlari;
     13.2 ning to'lov qaytarilishi qismi) hamda ofertaga qilingan barcha havolalar. 4.3.1 va 4.3.2-bandlar (promo-kod,
     shaxsiy kod va aylanuvchi bepul kod) hozirdan amal qiladi. Ungacha qonun bergan huquqlaringiz o'z kuchida qoladi.

Bu matn sizning (foydalanuvchi) va huquq egasi o'rtasidagi Dasturdan foydalanish shartlarini belgilaydi.
To'lov, tariflar, pulni qaytarish va kalitni tiklash tartibi pullik sotuv ochilishidan oldin smartdoclabs.uz/alifbo/ da
e'lon qilinadigan OMMAVIY OFERTADA batafsil yoziladi; u e'lon qilingach shu matn u bilan birga amal qiladi, ular
o'rtasida farq bo'lsa oferta ustun.
Rozi bo'lmasangiz, Dasturni o'rnatmang va ishlatmang.

MUHIM (to'lov ochilgandan keyin amal qiladi): avval 3 kunlik bepul sinovdan foydalaning. Kalit faollashtirilgandan
keyin, Pro tavsifga mos ishlasa, to'lov qaytarilmaydi (istisnolar ofertaning 9-bo'limida).

1. ATAMALAR
1.1. "Dastur" - SmartDoc Alifbo (Alifbo Konvertor): Windows dasturi (AlifboKonvertor.exe), Word va Excel plagini
     hamda ular bilan birga berilgan hujjatlar (OQING, xesh ro'yxati va shu matn).
1.2. "Pro" - Windows dasturi va Word/Excel plaginining to'liq imkoniyatlari; sinov yoki litsenziya kaliti bilan ochiladi.
1.3. "Litsenziya" - Saytda olingan tarif: Oylik (30 kun), 6 oylik (183 kun), 2 yillik (730 kun) yoki Doimiy litsenziya
     (bir martalik to'lov); shuningdek promo-kod yoki shaxsiy kod bilan beriladigan to'lovsiz litsenziya (4.3.1-band) va
     aylanuvchi bepul kod bilan beriladigan qisqa muddatli litsenziya (4.3.2-band).
1.4. "Qurilma" - Pro faollashtirilgan bitta kompyuter. "Qurilma kodi" - Dastur Windows'ning shu o'rnatmasi
     identifikatoridan (MachineGuid) qaytarib bo'lmaydigan xesh usulida hisoblaydigan kod.
1.5. "Ruxsat fayli" - Saytda qurilma kodi uchun beriladigan, raqamli imzolangan .alifbo fayli (onlayn faollashtirishga zaxira).
1.6. "Sayt" - smartdoclabs.uz/alifbo/ va uning sahifalari. "Rasmiy manba" - 6-bandda sanalgan joylar.
1.7. "Sinov" - Pro dan 3 kun, jami 30 ta faylgacha bepul foydalanish (3.1-band).
1.8. "Aylanuvchi bepul kod" - huquq egasi ommaga beradigan umumiy bepul kod: Saytdagi kod har 3,5 kunda, Telegram
     kodi (Bot uni so'ragan har bir foydalanuvchiga yuboradi) har 7 kunda yangilanadi.

2. QABUL QILISH
2.1. Dasturni o'rnatish, ishga tushirish yoki "Qabul qilaman" tugmasini bosish shu shartlarni qabul qilganingizni
     bildiradi. Windows dasturida bu oyna birinchi ishga tushirishda chiqadi; qabul qilmasangiz dastur ishlamaydi.
2.2. 18 yoshga to'lmagan bo'lsangiz, ota-onangiz yoki qonuniy vakilingiz roziligi bilan foydalaning.
2.3. Qabul belgisi faqat kompyuteringizdagi faylda saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi.

3. SINOV, FAOLLASHTIRISH VA INTERNET
3.1. 3 KUNLIK BEPUL SINOV. Birinchi ochilishda Dastur "3 kun bepul sinash" yoki "Sotib olish / kalitim bor" tanlovini
     beradi. Sinov bir kompyuterga bir marta beriladi va qayta o'rnatish yangi sinov bermaydi. Sinovda Pro ning hamma
     imkoniyatlari ishlaydi, jami 30 ta fayl bilan cheklangan (plagin ichida o'girilgan bitta hujjat 1 fayl). Boshlash uchun bir marta internet kerak: serverga faqat qurilma kodi yuboriladi.
     Sinov boshlangandan 3 kun o'tgach yoki 30 ta fayl o'girilgach Pro to'xtaydi; davom ettirish uchun promo-kod, aylanuvchi bepul kod yoki, to'lov ochilgandan keyin, to'lov kerak, Dastur Saytni qurilma kodi
     bilan ochadi. Pul avtomatik yechilmaydi.
3.2. Pro faqat sinov yoki yaroqli litsenziya bilan ishlaydi. Ularsiz Dastur tanlov yoki faollashtirish oynasini ochadi;
     Word va Excel plagini ham faollashtirilgan Dastursiz o'girmaydi.
3.3. FAOLLASHTIRISH (internet kerak): kalitni Dasturga kiritasiz, Dastur uni serverda onlayn faollashtiradi.
     Zaxira yo'l: qurilma kodi va kalitni Saytga kiritib, ruxsat faylini olasiz va Dasturga qo'shasiz.
3.4. OYLIK TEKSHIRUV: internet bo'lsa, Dastur oyda bir marta fonda litsenziya holatini tekshiradi. Serverga FAQAT
     litsenziya raqami va qurilma kodi yuboriladi. Server litsenziya shu kompyuterda faol emasligini aytsa, Pro to'xtaydi:
     kompyuter yoki barcha qurilmalar bo'shatilgan, pul qaytarilgan, litsenziya bekor qilingan, ma'lumotni o'chirish
     so'ralgan yoki muddatli litsenziyaning muddati tugagan bo'lsa. Internet yoki server bo'lmasa, Dastur ishlashda DAVOM etadi (Doimiy litsenziya ham).
3.5. Sinov, faollashtirish, bepul kodni kiritish, kompyuterdan o'chirish va tekshiruv paytida serverga faqat litsenziya
     kaliti yoki raqami (bepul kodda - kodning o'zi) va qurilma kodi yuboriladi. Hujjatlaringiz, matningiz va boshqa
     fayllaringiz HECH QACHON yuborilmaydi.
3.6. Server vaqtincha ishlamasa, Sotuvchi to'lov dalili va qurilma kodi asosida ruxsat faylini qo'lda berishi mumkin.

4. SIZGA BERILGAN RUXSAT
4.1. Litsenziya amal qilgan davrda Dasturdan shaxsiy, ta'lim va ish hujjatlaringiz uchun foydalanishingiz mumkin.
4.2. Bitta litsenziya bir vaqtda faqat 1 (bitta) kompyuterda faol bo'ladi. Shu kompyuterda Dastur va Word/Excel
     plagini birga ishlaydi.
4.2.1. KOMPYUTERNI ALMASHTIRISH: eski kompyuterda Dasturdagi "Bu kompyuterdan o'chirish" tugmasini bosasiz (30 kunda
     ko'pi bilan 2 marta), keyin kalitni yangisida faollashtirasiz. Eski kompyuter yo'qolgan bo'lsa, Sayt orqali barcha
     qurilmalarni bo'shatasiz (30 kunda ko'pi bilan 1 marta). Boshqa cheklovlar ofertaning 7-bo'limida.
     Aylanuvchi bepul kod bilan olingan litsenziyada "Bu kompyuterdan o'chirish" imkoniyati yo'q: u faqat kod kiritilgan
     kompyuterda ishlaydi.
4.3. Oylik, 6 oylik va 2 yillik litsenziya o'z muddati tugaguncha amal qiladi; muddat tugagach Pro to'xtaydi (bepul sayt
     vositasi ishlayveradi, ilgari o'girilgan hujjatlar sizda qoladi). Avtomatik uzaytirish va kartadan yechish yo'q.
4.3.1. PROMO-KOD bilan olingan to'lovsiz litsenziya birinchi faollashtirishdan 6 oy (183 kun) amal qiladi, keyin avtomatik
     to'xtaydi; Dastur Saytga yo'naltiradi. Pullik tarifga o'tishingiz mumkin. U Doimiy litsenziya emas. Sotuvchi ommaviy
     e'lon qilinmaydigan shaxsiy kodlarni boshqa muddat bilan, shu jumladan muddatsiz, berishi mumkin; bunda shu kod uchun
     belgilangan muddat amal qiladi. Muddatsiz shaxsiy kod to'lovsiz beriladi va Doimiy litsenziya kabi ishlaydi (4.4-banddagi
     muddat va yangilanish qoidalari), boshqa shaxsga o'tkazilmaydi.
4.3.2. AYLANUVCHI BEPUL KODLAR (bepul foydalanish muddati).
     Aylanuvchi bepul kod 3.1-banddagi bepul sinovdan tashqari Dasturdan qisqa muddat to'lovsiz foydalanish huquqini
     beradi. Bu Litsenziyaning o'z sharti.
     a) Saytdagi kod (smartdoclabs.uz/alifbo/kod/) har 3,5 kunda yangilanadi. Telegram kodini @smartdoclabs_bot /bepul
        buyrug'i bilan so'ragan har bir foydalanuvchiga yuboradi; u har 7 kunda yangilanadi va Telegram kanalidagi
        haftalik e'londa ham chiqishi mumkin.
     b) Litsenziya kod kiritilgan paytdan boshlab ko'pi bilan 3,5 kun (Sayt kodi) yoki 7 kun (Telegram kodi) amal qiladi;
        aniq tugash vaqti Dasturda ko'rsatiladi. Kod almashgach, eski kod yana qisqa vaqt (Sayt - 12 soat, Telegram -
        24 soat) qabul qilinadi; bunda litsenziya kod almashganidan beri o'tgan vaqt qadar qisqaroq bo'ladi.
     c) Bir kompyuterda har kod bir marta ishlaydi; uni qayta kiritish muddatni uzaytirmaydi. Muddat tugagach, o'sha
        paytdagi yangi kod bilan yana faollashtirishingiz mumkin. Yangi kodni oldinroq kiritsangiz, muddat yangi koddan
        hisoblanadi, qolgan vaqt qo'shilmaydi.
     d) Bepul kod Doimiy litsenziya emas (4.4) va boshqa kompyuterga ko'chirilmaydi. Kompyuterda Doimiy litsenziya,
        muddatsiz shaxsiy kod yoki bepul koddan uzoqroq amal qiladigan boshqa litsenziya bo'lsa, kod qabul qilinmaydi va
        mavjud litsenziya o'zgarmaydi.
     e) Kod olish uchun hech qanday harakat talab qilinmaydi: kanalga obuna bo'lish, ro'yxatdan o'tish, ism yoki
        telefon kabi shaxsiy ma'lumot berish yoki boshqa shart yo'q. Bot faqat takror so'rovlarni cheklaydi; qaysi
        ma'lumot qayta ishlanishi Saytdagi Maxfiylik siyosatida yozilgan.
     f) Kod bepul: uni olish va ishlatish uchun to'lov talab qilinmaydi, kod pulga almashtirilmaydi. SmartDoc Alifbo
        1.6 yoki yangiroq versiya kerak.
     g) Bepul kodlar 2026-yil 16-noyabrdan 2028-yil 16-maygacha berilishi rejalashtirilgan: Sayt kodi 157 ta, Telegram
        kodi 79 ta; har kodni o'z davrida istalgan foydalanuvchi kiritishi mumkin. Bu reja kafolat emas: huquq egasi kod
        berishni istalgan vaqtda to'xtatishi, kod berish tartibini yoki muddatini o'zgartirishi mumkin va bu haqda
        Saytdagi "Bepul kod" sahifasida e'lon qiladi. Allaqachon faollashtirilgan bepul litsenziya o'z muddati tugaguncha
        amal qiladi (13.2-band holatlari bundan mustasno).
     h) Kodni sotish, pullik xizmat tarkibida berish yoki avtomatlashtirilgan vosita bilan yig'ish yoki tarqatish
        taqiqlanadi (5.1); bu aniqlansa, huquq egasi shu kompyuterdagi bepul litsenziyani bekor qilishi mumkin. Shu
        shartlar Saytdagi "Bepul kod" sahifasida (smartdoclabs.uz/alifbo/kod/) ham e'lon qilinadi va kod berish
        tugaganidan keyin kamida 6 oy ochiq turadi.
4.4. DOIMIY LITSENZIYA (bir martalik to'lov; narxi ofertada; to'lov ochilgandan keyin amal qiladi):
     Dasturdan muddatsiz foydalanish huquqi, bir vaqtda 1 kompyuterda. 2 yil faqat yangilanishlarga tegishli: sotib olingan
     kundagi versiya va sotib olingan kundan boshlab 2 (ikki) yil ichida chiqqan barcha versiyalar shu litsenziyaga kiradi;
     keyingi versiyalarni berish majburiy emas. 2 yildan keyin ham Dastur to'xtamaydi: u muddat yoki versiya sababli
     to'xtatilmaydi (faqat 3.4-bandda sanalgan holatlarda to'xtaydi).
     Promo-kod va aylanuvchi bepul kod (4.3.1, 4.3.2) Doimiy litsenziya bermaydi; muddatsiz shaxsiy kod esa 4.3.1-bandda
     aytilganidek ishlaydi.
4.5. Ruxsat oddiy (faqat sizga), boshqa shaxsga o'tkazilmaydi.
4.6. O'girilgan hujjatlaringiz (natija) o'zingizniki. Huquq egasi ularga huquq da'vo qilmaydi va belgi qo'shmaydi.
4.7. Qonun sizga bevosita beradigan huquqlar (masalan, zaxira nusxa olish) shu shartlar bilan kamaymaydi.

5. NIMA QILISH MUMKIN EMAS
5.1. Litsenziya kalitini, ruxsat faylini yoki shaxsiy kodni sotish, ijaraga berish, ommaga e'lon qilish yoki bir nechta
     shaxs o'rtasida navbatma-navbat ishlatish. Istisno: huquq egasi o'zi ommaga bergan aylanuvchi bepul kodni (4.3.2)
     yoki Sayt havolasini boshqalarga ulashishingiz mumkin. Lekin uni sotish, pullik xizmat tarkibida berish yoki
     avtomatlashtirilgan vosita bilan yig'ish yoki tarqatish taqiqlanadi.
5.2. Faollashtirish yoki oylik tekshiruvni chetlab o'tish, o'zgartirish yoki o'chirish; ruxsat faylini qalbakilashtirish;
     sinovni qayta olish uchun qurilma kodini o'zgartirish.
5.3. Dasturni yoki uning nusxasini sotish, pullik xizmat yoki mahsulot tarkibiga qo'shib berish.
5.4. Dasturning o'zgartirilgan nusxasini tarqatish; nomi, belgisi, mualliflik belgisi yoki shu shartlarni olib tashlash.
5.5. Dastur nusxasiga zararli yoki yashirin kod qo'shish.
5.6. Dasturni dekompilyatsiya qilish va uning asosida shu kabi dastur chiqarish - qonun ruxsat bergan hollar bundan mustasno.
5.7. Qonunga zid maqsadda foydalanish.

6. RASMIY MANBA
6.1. Dasturni faqat Saytdan (smartdoclabs.uz/alifbo/) oling. Rasmiy paketning SHA-256 xeshi Saytda e'lon qilinadi;
     xesh mos kelmasa, faylni ishlatmang.
6.2. Boshqa joydan olingan nusxalar (forum, fayl almashish, boshqa kanal yoki bot, torrent) uchun huquq egasi javob
     bermaydi; ularni tarqatish ruxsat etilmaydi. Hamkasbingizga Sayt havolasini yuborishingiz mumkin.

7. MA'LUMOT VA MAXFIYLIK
7.1. Hujjatlar kompyuteringizda qayta ishlanadi. Windows dasturi internetga faqat 3-bandda sanalgan so'rovlar uchun
     ulanadi (sinov, faollashtirish, bepul kodni kiritish, kompyuterdan o'chirish, oylik tekshiruv). Word/Excel plagini
     hujjatni hech qayerga yubormaydi.
7.2. "Saytni ochish" kabi tugmani siz bossangiz yoki sinov tugaganda Dastur Saytni ochsa, brauzer havolani ochadi;
     havolada faqat qurilma kodi (va siz kiritgan kalit) bo'ladi: ular brauzer manzilining serverga yuborilmaydigan
     qismida (# belgisidan keyin) turadi.
7.3. Qurilma kodi, Telegram chat raqami (ariza va bepul kod so'rovlari chegarasi uchun), to'lov cheki va uni tekshirish
     tartibi haqida batafsil: Saytdagi Maxfiylik siyosatida.

8. NUSXA HIMOYASI HAQIDA (HALOL IZOH)
8.1. Faollashtirish qurilma kodiga, ya'ni Windows o'rnatmasiga bog'lanadi: papkani boshqa kompyuterga nusxalash
     litsenziyani ko'chirmaydi. Windows qayta o'rnatilsa, qurilma kodi o'zgarishi va yangi kompyuter hisoblanishi mumkin.
     Bu kuchli nusxa himoyasi emas. Kompyuter soati orqaga surilsa, Dastur tekshiruv so'raydi; bu holatda Saytdan shu
     kompyuter uchun yangi ruxsat faylini oling.

9. KAFOLAT YO'Q
9.1. Dastur "qanday bor, shundayligicha" beriladi; xatosiz yoki uzluksiz ishlashiga kafolat berilmaydi.
     Ishlamaslik holatidagi huquqlaringiz ofertaning 9-bo'limida va qonunda saqlanadi.
9.2. Avto rejim va aniqlash taxminiy. O'girilgan hujjatni (ayniqsa rasmiy, huquqiy, moliyaviy yoki bosmaga
     ketadigan matnni) tekshirish sizning zimmangizda. O'girishdan oldin asl faylning nusxasini saqlang.
9.3. Dastur Windows, Word yoki Excel ning barcha versiyalarida ishlashi kafolatlanmaydi; qo'llab-quvvatlanadigan
     versiyalar Saytda.
9.4. Dastur hozircha raqamli kod-imzosiz (Authenticode) tarqatiladi; Windows "noma'lum nashriyotchi" deyishi mumkin.
     Fayl xeshini 6.1-bandga ko'ra tekshiring.

10. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
10.1. Qonun yo'l qo'yadigan darajada huquq egasi bilvosita zarar, yo'qotilgan foyda, tekshirilmagan natija yoki
      asl nusxa saqlanmagani sababli yo'qolgan ma'lumot uchun javob bermaydi.
10.2. Huquq egasining umumiy javobgarligi siz shu litsenziya uchun haqiqatda to'lagan summa bilan cheklanadi.
10.3. Qasddan yoki qo'pol ehtiyotsizlik bilan yetkazilgan zarar va qonunda belgilangan iste'molchi huquqlari
      bu bandlar bilan cheklanmaydi.

11. UCHINCHI TOMON KOMPONENTLARI
11.1. Dasturda boshqa mualliflarning ochiq komponentlari bor (Python, Tcl/Tk, Pillow, lxml, cryptography va boshqalar).
      Ular o'z litsenziyalari bilan beriladi; matnlari THIRD_PARTY_LICENSES.txt faylida.
11.2. 4 va 5-bandlardagi cheklovlar faqat huquq egasining o'z kodi va materiallariga tegishli.

12. INTELLEKTUAL MULK
12.1. Dastur kodi, dizayni, emblema va belgilari huquq egasiga tegishli (O'RQ-42, 18- va 19-moddalar;
      1060-XII, 6-modda). Alifbo qoidalari, harflar, umumiy g'oya va algoritm mulk sifatida da'vo qilinmaydi.

13. AMAL QILISH VA BEKOR QILISH
13.1. Shartlar qabul qilingan paytdan kuchga kiradi va litsenziya amal qilguncha (Doimiy litsenziyada - muddatsiz) amal qiladi.
13.2. 5-bandni jiddiy buzsangiz yoki to'lov qaytarilsa (oferta 9.4), litsenziya bekor qilinadi: Pro keyingi onlayn
      tekshiruvda to'xtaydi va siz Dasturdan foydalanishni to'xtatishingiz kerak.
13.3. Huquq egasi Dasturni taqdim etishni to'xtatsa, allaqachon faollashtirilgan kompyuterdagi versiya ishlashda
      davom etadi (oferta 6.4).
13.4. Yangi versiya uchun yangi shartlar e'lon qilinishi mumkin; ular yangi versiyani o'rnatganingizda amal qiladi.
13.5. 7, 9, 10, 11, 12 va 14-bandlar amal qilish tugagandan keyin ham kuchda qoladi.

14. QO'LLANILADIGAN HUQUQ VA NIZOLAR
14.1. O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi qo'llaniladi.
14.2. Avval yozma murojaat qiling (aloqa manzili yuqorida); javob muddati - 30 kalendar kun.
14.3. Kelishuvga erishilmasa, nizo qonunchilikka muvofiq vakolatli sudda ko'riladi.
14.4. Asos matn - o'zbek (lotin) tilidagi nusxa. Bir band haqiqiy emas deb topilsa, qolganlari kuchda qoladi.

(c) 2026 Smart DOC Labs
